Fermerlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

Fermerlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda

27, Nov 2026

Mamlakatimizdagi fermer va dehqon xo‘jaliklarining zamonaviy agrotexnikaga bo‘lgan ehtiyojlarini hamda ularning xarid imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida maxsus so‘rovnoma yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tadqiqot dehqonlarning real ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda zaruriy uskunalar bilan ta'minlash va moliya mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan.

Tadbirkorlar hamda fermerlar so‘rovnomada qatnashish orqali quyidagi masalalar bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishlari mumkin:

  • O‘z xo‘jaliklari uchun zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalari turlari;
  • Imtiyozli kredit va lizing tizimining maqbul shartlari;
  • Texnika xarid qilishdagi mavjud to‘siqlar va ularning yechimlari.

Tashkilotchilarning ta'kidlashicha, anketani to‘ldirish uchun bor-yo‘g‘i 7 daqiqa vaqt talab etiladi. Barcha ma'lumotlar maxsus Telegram boti (@agrotexnikabot) orqali yig‘ilmoqda.

Dehqon uchun

So‘rovnomada faol qatnashib o‘z ehtiyojlaringizni bildiring, bu kelajakda arzon va qulay lizing hamda kredit shartlarida zarur texnikalarni olish imkoniyatini oshiradi.

Manba: Fermerlar kanali (Telegram)