
2024-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar maydoni 46 million kvadrat kilometrdan oshdi. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tahlillariga ko‘ra, yerlarning to‘rtdan bir qismi AQSh, Xitoy va Avstraliya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Reytingda AQSh 4,22 million km² bilan yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarni Xitoy (3,91 million km²) va Avstraliya (3,63 million km²) egallagan. O‘zbekiston esa 258 496 km² yoki qariyb 25,85 million gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bilan dunyoda 44-o‘rinda qayd etilgan.
Ushbu ma’lumotlar global miqyosda yer resurslaridan foydalanish samaradorligini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston yer resurslari bo‘yicha dunyoda munosib o‘rin tutadi. Fermerlarimiz yer unumdorligini saqlash va yaylovlardan oqilona foydalanish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yanada oshirish imkoniyatiga ega.
Manba: Kun.uz