Namangan viloyatining Uchqo'rg'on tumanida bugungi kunda taxminan 200 gektar майдонда limon parvarish qilinmoqda. Tumandagi xo'jaliklarda hosildorlikni hamda mahsulot sifatini oshirish maqsadi bilan zamonaviy agrotexnologik usullar keng joriy etilmoqda.
Xususan, «Citrus City» MChJ tasarrufidagi 8 gektarli zamonaviy issiqxonada ham hosilni yig'ib olish ishlari jadal olib borilmoqda. Korxona yetishtirilgan sifatli sarxil limonlarni ichki bozor ta'minoti uchun yo'naltirmoqda. Bu yerda 50 nafar kishi doimiy vaqtinchalik mavsumda esa 200 ga yaqin fuqaro ish bilan ta'minlanadi.
Limonchilik tarmog'ini rivojlantirish hamda mahsulotni yo'qotishlarsiz saqlash uchun korxonada 100 tonna sig'imga ega muzlatgichli omborxona barpo etish rejalashtirilgan. Ushbu loyiha mevalarni sifatli saqlash va kelgusida eksport geografiyasini kengaytirishga imkon beradi.
Meva sifatini yo'qotmasdan uzoq muddat saqlash va mahsulotni narxi yuqori bo'lgan mavsumda sotish uchun zamonaviy sovutkichli omborxonalarni to'g'ri rejalashtirish o'ta muhimdir.
Manba: UzA