
Toshkentda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va Yevroosiyo taraqqiyot banki (YETB) boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida bank 2031-yilgacha mamlakatimiz iqtisodiyotiga 3 milliard dollargacha sarmoya kiritishi mumkinligi ta’kidlandi. Dastlabki 500 million dollarlik moliyalashtirish 2027-yilda boshlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu hamkorlikning eng muhim yo‘nalishlaridan biri qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir. Xususan, moliya tashkiloti ko‘magida 95 ta nasos stansiyasini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Bu loyiha 355 ming gektardan ortiq ekin maydonlarini suv bilan ishonchli ta’minlash imkonini beradi.
Bundan tashqari, muloqotda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi:
Nasos stansiyalarining yangilanishi ekin maydonlariga suv uzatish barqarorligini oshiradi, sug‘orishdagi uzilishlarning oldini oladi hamda qishloq xo‘jaligi subyektlariga kredit va infratuzilma ko‘magini olish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Manba: AgroWorld Uzbekistan