Tomorqamda 5 egat chesnok ekkan edim.

Question:

Assalomu alaykum dehqon akalar. Tomorqamda 5 egat chesnok ekkan edim. Ekish oldi yerga karbamid va ammofos sochib belkurak bilan yumshatib ekuvdim. Egatiga mol go'nggi solgandim. Juda chiroyli osyapti. Hozirda yomgirlar yerni qotirib zaxlatib tashladi. Chopiq qilolmayapman. Yer tobga kelmayapti. Bugun ham yomg'ir rosa yog'yapti. Yomg'ir namiga nima bersam bo'ladi. Chopib keyin beray desam egatlar loy. Ikki kunning birida yomg'ir. Shunday qo'yay desam hali hech dori, ham kuch ham bermadim. Zaxga bo'g'ilib qolmasmikan. Maslahat bering. Birinchi marta chesnok ekishim edi. Karbamidmi yoki azotmi yomg'irning namiga bersam bo'ladimi? Qoraqalpoqstonda havo hali ancha salqin.

Answers

Битта расмча илова қилинганда зўр бўларди.