Bitta maslahatiz kerak edi, Uzum bogʻ yerda bizarda shuni shpal qilib koʻtarsakmi deyapmiz,

Question:

Assalomu aleykum Ikrom aka yaxshimisiz, Bitta maslahatiz kerak edi, Uzum bogʻ yerda bizarda shuni shpal qilib koʻtarsakmi deyapmiz, Lekin shpal qilgan bir ikkitalar mayizi ochroq bulib qolyapti deydi, Shunga nima maslahat berasiz kutaraylikmi yoki yertok boʻlib turaversinmi.

Answers

Атрофдагиларни тажрибасига қаранг.

Ертокдан шпалер анча яхши. Шпалерда химикат билан ишлаш осон, хаво яхши айланади, касаллик камроқ бўлади, табийки хосил хам кўпроқ бўлади дигани бу. Фақат кучли "хомитак" (Водийда токни баргини сийраклатиш шундай дейилади) қилманг.