Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov fermerlarga dalalarda qolib ketgan polietilen plyonkalar, sug‘orish shlanglari va boshqa plastik chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berdi. Dalalarda qolib ketgan chiqindilar nafaqat hudud ko‘rinishiga salbiy ta’sir qiladi, balki tuproqning tabiiy tarkibini buzib, uning unumdorligini keskin pasaytiradi.
Asosiy tavsiyalar:
Fermerlarimizdan dalalarni toza saqlash va tuproq salomatligiga jiddiy e’tibor qaratish so‘raladi. Toza dala – boy hosilning boshlanish nuqtasidir.
Mavsum tugashi bilan dalangizdagi barcha plastik chiqindilarni yig‘ib oling; bu tuproqning nafas olishini ta’minlaydi va kelgusi yil hosilini 10-15 foizgacha oshirishga yordam beradi.
Manba: Fermerlar kanali (Telegram)