Ekinlarning dastlabki rivojlanish bosqichida to‘g‘ri oziqlantirish kelgusi hosildorlikning poydevori hisoblanadi. Monoammoniy fosfat, ya'ni MAP 12-52 o‘g‘iti tarkibida 12 foiz azot va 52 foiz fosfor saqlab, o‘simliklarning ildiz tizimini tez va bag‘quvvat rivojlanishiga xizmat qiladi.
Ushbu vosita tuproqda fosfor yetishmovchiligini samarli bartaraf etadi hamda urug‘larning unib chiqish jarayonini jadallashtiradi. Shuningdek, o‘simlikning gullash va tugun berish bosqichida oziq elementlarining o‘zlashtirilishini yaxshilaydi. Ushbu fosforli o‘g‘it quyidagi yo‘nalishlarda keng qo‘llaniladi:
Tarkibidagi yuqori fosfor konsentratsiyasi sababli u noqulay ob-havo sharoitida ham o‘simlikning immunitetini oshirib, mahsulot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
MAP 12-52 o‘g‘itini ekin ekish oldidan yoki o‘simlikning ilk rivojlanish davrida ildiz tizimini rivojlantirish uchun qo‘llash tavsiya etiladi.
Manba: Fermerlar kanali (Telegram)