Kartoşka yetishtirishda vermikompostning samarasi

Kartoşka yetishtirishda vermikompostning samarasi

21, Nov 2026

AQShdagi Oregon universiteti olimlari kartoshka hosildorligini oshirishda vermikompostning muhim rolini aniqlashdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, tuproq tarkibiga 30 foiz miqdorida yomg‘ir chuvalchanglari tomonidan qayta ishlangan organik moddalarni qo‘shish, o‘simliklarning rivojlanishini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Tajriba davomida olimlar turli xil sun’iy substratlarda «Modok» navli kartoshkani o‘stirishdi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ozuqaviy moddalarga boy bo‘lmagan muhitda ham vermikompost yordamida oddiy tuproqdagiga teng yoki undan yuqori hosil olish mumkin. Biroq, organik moddalar yetarli bo‘lmaganda, o‘simliklarning o‘sishi sustlashadi va ildiz tizimi yaxshi rivojlanmaydi.

Tadqiqot shuningdek, tuproq tarkibidagi mineral va metallar konsentratsiyasi o‘simlik stressiga ta’sir qilishini ko‘rsatdi. Shuning uchun, hosilning xavfsizligi va sifatini ta’minlash uchun tuproq tarkibini to‘g‘ri boyitish muhim ahamiyatga ega.

Dehqon uchun

Tuproq unumdorligini oshirish uchun vermikompostdan foydalanish hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi. Ayniqsa, sifati past yoki ozuqaviy moddalari kam bo‘lgan yerlarda 30 foizgacha organik o‘g‘it qo‘shish kartoshka uchun eng maqbul natija beradi.

Manba: Kun.uz