O‘zbekistonda paxta hosildorligi bo‘yicha tarixiy natija qayd etildi

O‘zbekistonda paxta hosildorligi bo‘yicha tarixiy natija qayd etildi

07, Nov 2026

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tarixida muhim voqea yuz berdi: 35 yil ichida ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta hosili yig‘ib olindi. Bu natija ekin maydonlari 1990-yilga nisbatan ikki barobar qisqarganiga qaramay, zamonaviy agrotexnologiyalar va ilmiy yondashuvlar evaziga qo‘lga kiritildi.

Asosiy ko‘rsatkichlar:

  • O‘rtacha hosildorlik gektariga 56,2 sentnerni tashkil etdi.
  • Hosilning 85 foizi 3000 dan ortiq paxta terish mashinalari yordamida qisqa muddatda yig‘ib olindi.
  • Suv tejovchi texnologiyalar tufayli suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki barobar kamaydi.

Prezident ta’kidlashicha, hosildorlikning o‘sishiga yangi biotexnologik navlar, raqamlashtirish, dronlardan foydalanish va klaster tizimining samarali ishlashi katta hissa qo‘shdi. Kelgusi yilda o‘rtacha hosildorlikni 65-70 sentnerga yetkazish va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish rejalashtirilgan.

Dehqon uchun

Yuqori hosildorlikka erishish uchun suv tejovchi texnologiyalar, dronlar va ilmiy asoslangan yuqori sifatli urug‘ navlaridan foydalanish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida, mexanizatsiyalashgan holda o‘tkazish muhim ahamiyatga ega.

Manba: AgroWorld Uzbekistan