
Yangi O‘zbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ortiq paxta hosili yig‘ib olindi. So‘nggi yillarda chigit ekiladigan maydonlar kamaytirilganiga qaramay, hosildorlik ko‘rsatkichi 2,7 baravar oshib, gektaridan o‘rtacha 56 sentnerga yetdi. Joriy yilda fermerlarning paxtachilikdan oladigan sof foydasi 13–14 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.
Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq maxsus terim mashinalari yordamida qisqa muddatda yig‘ildi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida terim to‘liq mexanizatsiyalashtirildi. Suv tejovchi texnologiyalar hamda raqamlashtirish sarf-xarajatlarni ikki baravarga qisqartirish imkonini berdi. Qariyb 400 ming gektarda hosildorlik 70 sentnerni, ayrim hududlarda esa 100–110 sentnerni tashkil qildi.
Zamonaviy suv tejovchi tizimlar, agrodronlar va sifatli urug‘lik navlaridan foydalanish orqali xarajatlarni keskin kamaytirib, gektariga 70 sentnerdan yuqori hosil hamda barqaror sof foyda olish mumkin.
Manba: Daryo.uz
Rasmlar sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkin.

