Qishloq xo‘jaligi vazirligi respublikada piyoz yetishtirish hajmi ichki ehtiyojdan 35 foizga ko‘p bo‘lishiga qaramay, narxlar oshishi sabablariga oydinlik kiritdi. 2026-yilda mamlakat bo‘yicha 1,5 million tonna piyoz hosili mo‘ljallangan bo‘lib, bu aholi iste’moliga nisbatan 400 ming tonna ko‘pdir.
Surxondaryo kabi janubiy hududlarda narxlarning 4 000–4 500 so‘mgacha ko‘tarilishi mavsumiy omillar bilan bog‘liq. U yerda aprel–may oylarida yetiladigan ertapishar piyoz zaxirasi tugagani sababli hozirda maxsulot Jizzax va Samarqand viloyatlaridan keltirilmoqda. Jizzaxda ulgurji xarid narxi 2 600–3 300 so‘m, Samarqandda esa 2 800–3 000 so‘mni tashkil etmoqda.
Yuk tashish logistika xarajatlari har bir kilogramm mahsulot uchun narxni 350–370 so‘mga oshirmoqda. Shuningdek, bozorlardagi yakuniy narx shakllanishiga vositachilarning ustamalari ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Mavsumiy narx tebranishlaridan unumli foydalanish uchun hosilni sifatli saqlash omborlarini tashkil etish hamda logistika zanjirini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ygan holda mahsulotni to‘g‘ridan-to‘g meva-sabzavot bozorlariga yetkazib berish maqsadga muvofiqdir.
Manba: Kun.uz