Samarqandda barqaror bug'doy yetishtirish bo'yicha xalqaro tajriba muhokama qilindi

Samarqandda barqaror bug'doy yetishtirish bo'yicha xalqaro tajriba muhokama qilindi

06, Nov 2026

Samarqand shahrida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjumanda bug'doy yetishtirishda barqarorlikni ta'minlash masalalari ko'rib chiqildi. "FOLUR" dasturi doirasida o'tkazilgan tadbirda tuproq unumdorligini saqlash, resurs tejaydigan texnologiyalar va raqamli yechimlarni amaliyotga joriy etish muhimligi ta'kidlandi.

Tadbirda dunyoning o'nlab mamlakatlaridan kelgan olimlar va mutaxassislar qatnashdi. Ishtirokchilar tuproqqa minimal ishlov berish, ekinlar diversifikatsiyasi va o'simliklarni himoya qilish bo'yicha ilg'or tajribalar bilan o'rtoqlashdilar. Shuningdek, Qashqadaryo viloyatida ёмғир suvini yig'ish va lalmi yerlarda bug'doy yetishtirish, shuningdek, tuproqqa ishlov bermasdan ekish kabi innovatsion usullar namoyish etildi.

Ushbu yondashuvlar nafaqat hosildorlikni oshirish, balki iqlim o'zgarishi sharoitida suv va xarajatlarni tejashga xizmat qiladi. Ilmiy ishlanmalarni bevosita fermerlar faoliyatiga tatbiq etish orqali qishloq xo'jaligida barqaror natijalarga erishish ko'zda tutilgan.

Dehqon uchun

Tuproqqa ishlov bermasdan ekish va raqamli sug'orish texnologiyalarini qo'llash orqali suv sarfini kamaytirib, hosildorlikni oshirish mumkin.

Manba: UzA