Toshkentda fermerlar uchun ko‘rgazma va xayriya auksioni bo‘lib o‘tadi

Toshkentda fermerlar uchun ko‘rgazma va xayriya auksioni bo‘lib o‘tadi

18, Nov 2026

Joriy yilning 25–27-noyabr kunlari Toshkent shahridagi O‘zEskpomarkaz majmuasida qishloq xo‘jaligi sohasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma hamda amaliy seminarlar tashkil etiladi. Tadbir doirasida o‘tgan yillardagi kabi ezgu an’anani davom ettirgan holda maxsus xayriya auksioni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘tgan yilgi auktsionda saxovatli fermerlar va tadbirkorlar ishtirok etib, onkologik kasallikka chalingan bolalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 million so‘mdan ziyod mablag‘ yig‘ib berishgan edi. Bu galgi tadbirda ham o‘z mahsulotlarini sotuvga qo‘yish orqali xayriya aksiyasida qatnashishni istagan dehqonlar tashkilotchilarga murojaat qilishlari mumkin.

Tadbir tafsilotlari va joylashuvi:

  • O‘tkazilish sanasi: 25, 26 va 27-noyabr kunlari.
  • Manzil: Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107-uy.
  • Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati hamda Minor masjidi yaqinida.

Dehqon uchun

Ushbu ko‘rgazmaga tashrif buyurib, sohadagi yangiliklar bilan tanishishingiz, tajriba almashishingiz hamda o‘z mahsulotlaringiz bilan xayriya auksionida qatnashib, ezgu ishga hissa qo‘shishingiz mumkin.

Manba: Fermerlar kanali (Telegram)