Oʻzbekiston Energetika vazirligi vakillari va tadbirkorlar uchrashuvida qishki mavsumda issiqxonalarni gaz bilan taʼminlash masalasi muhokama qilindi. Tabiiiy gaz qazib olish hajmi kamayayotgani sababli, sovuk kunlarda aholini yoqilgʻi bilan birinchi navbatda taʼminlash uchun issiqxonalarga gaz uzatish cheklanishi mumkin.
Vazirlik masʼullarining taʼkidlashicha, yangi issiqxonalarga gaz tarmogʻiga ulanish uchun texnik shartlar berilmayapti, amaldagi shartnomalarda esa cheklovlar nazarda tutilgan. Shuning uchun issiqxona egalariga muqobil energiya manbalariga oʻtish tavsiya etilmoqda.
Tadbirkorlarga quyidagi muqobil yechimlar taklif etildi:
Pelet uskunalarini xarid qilish uchun bank kreditlari ajratilishi va texnologiya tanlashda yordam koʻrsatilishi taʼkidlandi.
Hosilingizni qahraton sovuqda yoʻqotmaslik uchun faqat tabiiy gazga suyanib qolmay, hozirdan pelet yoki boshqa muqobil isitish tizimlarini zaxira sifatida oʻrnatishni rejalashtiring.
Manba: Podrobno.uz (русский)