O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi biznesni qo‘llab-quvvatlash kengashining birinchi yig‘ilishida agrar sohadagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tomonlar qishloq xo‘jaligining bir qator muhim yo‘nalishlarida tajriba almashish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
O‘zbekiston tomoni yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash va ularni iste’molchiga yetkazib berishning yagona qiymat zanjirini shakllantirishdan manfaatdor. Turkiyaning ilg‘or tajribasini jalb qilish orqali agrar sektor samaradorligini oshirish va eksport salohiyatini yuksaltirish ko‘zda tutilgan.
Turkiya bilan hamkorlik doirasida zamonaviy issiqxonalar va suv tejovchi texnologiyalarning kirib kelishi hosildorlikni oshirish va xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Manba: Daryo.uz