Shvetsiya o‘zbekistonlik agronom va fermerlarni ishga taklif qilmoqda

Shvetsiya o‘zbekistonlik agronom va fermerlarni ishga taklif qilmoqda

14, Nov 2026

13-noyabr kuni Stokgolmda O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida mehnat migratsiyasiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi. Unda Shvetsiya Fermerlar federatsiyasi hamda "yashil" ish beruvchilar birlashmasi vakillari ishtirok etib, o‘zbekistonlik mutaxassislarni qishloq xo‘jaligi sohasida ishga joylashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirishdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Migratsiya agentligi va Kasbiy ta’lim agentligi rahbarlari Yevropa standartlariga mos kadrlarni tayyorlash imkoniyatlarini taqdim etishdi. Shvetsiyaning shimoliy hududlarida ishchi kuchi yetishmovchiligi kuzatilayotgani sababli, o‘zbekistonlik fermer va mutaxassislarga talab yuqori bo‘lmoqda. Ilgari ikki mamlakat o‘rtasida 18 oylik pilot dastur va shved tili kurslarini tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan edi.

Dehqon uchun

Shvetsiya qishloq xo‘jaligi sohasida rasmiy va xavfsiz ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Qiziqqan fermerlar O‘zbekiston Migratsiya agentligi orqali maxsus o‘quv va til kurslarida qatnashib, Yevropada tajriba oshirishlari mumkin.

Manba: Daryo.uz