31-oktabr kuni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlar, asossiz tekshiruvlar va biznesni to‘xtatib qo‘yish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik masalalari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda quyidagi muhim jihatlar ta’kidlandi:
Garchi yig‘ilish tadbirkorlarga qaratilgan bo‘lsa-da, fermerlar ham qonuniy himoyaga muhtoj. Fermer xo‘jaliklari ham tadbirkorlik subyekti hisoblanadi va ularning huquqlari ham xuddi shunday qat’iy himoya qilinishi lozim.
Agar sizning fermerlik faoliyatingizga noqonuniy aralashuvlar bo‘lsa yoki asossiz tekshiruvlarga duch kelsangiz, o‘z huquqlaringizni himoya qilish uchun prokuratura organlariga murojaat qilish huquqiga egasiz.
Manba: Fermerlar kanali (Telegram)