Xitoy tajribasi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi yangi islohotlar

Xitoy tajribasi va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi yangi islohotlar

28, Nov 2026

Xitoy iqtisodiy o‘sishining asosiy omillaridan biri qishloq xo‘jaligi islohotlaridan boshlangan. 1978-yilda jamoa xo‘jaliklari o‘rniga oilaviy pudrat tizimi joriy etilishi natijasida dehqonlar ekin turi va hosilni sotishda mustaqillikka erishdi. Bu qisqa muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmini 50 foizdan ortiq oshirish imkonini berdi.

O‘zbekistonda ham ushbu tajribaga tayangan holda yerga egalik qilish va undan foydalanish shartlari takomillashtirilmoqda. 2026-yil 1-maydan e’tiboran auksion orqali yer olgan tadbirkorlar 49 yillik ijara huquqiga ega bo‘ladi. Bunda fermerlar ekin turini va hajmini mustaqil ravishda belgilash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Bundan tashqari, respublikaning qator tumanlarida aholi daromadlarini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Xitoy modellari asosida 30 ta tumanda baliqchilik, parrandachilik, quyonchilik va asalarichilik bo‘yicha yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Dehqon uchun

Uzoq muddatli ijara huquqi berilishi yerga bo‘lgan munosabatni o‘zgartiradi. Bozorda talab yuqori bo‘lgan va yuqori daromad keltiruvchi ekinlarni mustaqil tanlab ekish orqali xo‘jalik rentabelligini oshirishingiz mumkin.

Manba: Daryo.uz