
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) hisobotiga ko‘ra, 2025-yilda dunyo miqyosida agrar sohaga ajratilgan yordam 950 milliard dollardan oshdi. Bu ko‘rsatkich qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy qiymatining 19,1 foizini tashkil etadi.
Mutaxassislar mablag‘larning aksariyati uzoq muddatli rivojlanishga emas, balki qisqa muddatli inqirozlarni bartaraf etishga sarflanayotganidan xavotirda. Xususan:
Tashkilot ekspertlari subsidiyalarni qayta ko‘rib chiqish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va innovatsion texnologiyalarga investitsiyalarni oshirishni tavsiya qilmoqda.
Davlat va xalqaro yordamlar tobora ekologik standartlar va innovatsiyalarga bog‘lanmoqda. Fermerlar kelajakda subsidiyalardan samarali foydalanish uchun resurs tejovchi texnologiyalar va atrof-muhitga zarar yetkazmaydigan usullarni joriy etishga tayyor turishlari lozim.
Manba: UzA
Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan.