Paxtakorlar uchun chigit sifatiga bag'ishlangan so'rovnoma yo'lga qo'yildi

Paxtakorlar uchun chigit sifatiga bag'ishlangan so'rovnoma yo'lga qo'yildi

15, Nov 2026

Joriy mavsumda paxtadan kutilgan hosilni ololmagan yoki aksincha, yuqori natijaga erishgan fermerlar uchun muhim imkoniyat yaratildi. Qishloq xo'jaligi sohasidagi mas'ul tashkilotlar chigit sifatini baholash bo'yicha maxsus onlayn so'rovnoma o'tkazmoqda.

Ushbu so'rovnomada har bir paxtakor joriy yilda ekilgan g'o'za navlarining unuvchanligi va hosildorligi haqida xolisona fikr bildirishi mumkin. Agarda urug'lik sababli muammolar yuzaga kelgan bo'lsa, bu haqda ochiq ma'lumot qoldirish imkoniyati mavjud. Shuningdek, sifatli va yuqori hosil bergan chigit navlari haqida ijobiy mulohaza bildirish ham nazarda tutilgan.

Ushbu tadbirlardan ko'zlangan asosiy maqsad kelgusi yilda fermer xo'jaliklarini yanada sifatli hamda serhosil g'o'za urug'lari bilan ta'minlashdir. Dehqonlarning bergan baholari asosida kelasi mavsum uchun chigit yetkazib berish rejalari shakllantiriladi.

Dehqon uchun

Ekgan g'o'za navingiz bo'yicha so'rovnomada faol qatnashib, o'z tajribangiz bilan o'rtoqlashing. Bu kelgusi yilda sifatli chigit olishingizga yordam beradi.

Manba: Fermerlar kanali (Telegram)