25–27-noyabr kunlari Toshkent shahrida AgroExpo Uzbekistan 2026 xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasi o‘z ishini boshlaydi. Mazkur tadbir fermerlar, agrobiznes vakillari va mutaxassislar uchun sohadagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Ko‘rgazma doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratiladi:
Ishtirokchilar biznes uchrashuvlar o‘tkazish va xalqaro ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Shuningdek, ko‘rgazma uchun olingan bejlik orqali 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan 9-Xalqaro O‘zbekiston parrandachilik forumiga ham kirish mumkin. Tashrif bepul, biroq oldindan onlayn ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurib, dronlar va raqamli texnologiyalar yordamida hosildorlikni oshirish hamda xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha yangi yechimlar bilan tanishing.
Manba: Fermerlar kanali (Telegram)